Direksiya faoliyati haqida
Navoiy viloyatida sanoat zonalarini samarali boshqarish, yangi quvvatlarni ishga tushirish va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash.
Direksiya — viloyat hokimligi huzurida sanoat zonalari faoliyatini tezkor boshqarish, muhandislik tarmoqlarini muvofiqlashtirish va tadbirkorlik subyektlariga to'liq amaliy ko'maklashish uchun tashkil etilgan davlat muassasasidir.
Faoliyatimiz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan «Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizom» hamda hokimlik tasdiqlagan ustav asosida yuritiladi.
Kichik sanoat zonasi — ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, chegaralari aniq belgilangan va xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmaga ega hudud qismidir. Bunday zonalar faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkalari negizida tashkil etiladi.
Direksiya zona hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari bo‘yicha ijaraga beruvchi hamda bosh rejalarni ishlab chiqishda buyurtmachi sifatida ish yuritadi.
