Vazifalar va funksiyalar
Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq direksiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari.
1. Asosiy strategik vazifalar
Kichik sanoat zonalari bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish;
Muhandislik-kommunikatsiya va yo'l infratuzilmasini qurish hamda ta'mirlashni muvofiqlashtirish;
Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish jarayonini tashkillashtirish;
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish va amaliy ko'maklashish;
Energiya tejamkor, zamonaviy va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish;
Yangi doimiy ish o'rinlarini yaratish va hududning sanoat salohiyatini oshirish.
2. Amaliy boshqaruv funksiyalari
1. Hududni boshqarish va rejalashtirish
- Bosh rejaga muvofiq yer uchastkalarini joylashtirish sxemalarini tuzish;
- Muhandislik tarmoqlari va bino-inshootlar qurilishini me'yorlar asosida nazorat qilish;
- Hududni obodonlashtirish, chiqindilarni chiqarish va umumiy obyektlarni saqlash.
2. Investorlar bilan ishlash va ijara
- Elektron auksion g'oliblari bilan uzoq muddatli ijara shartnomalarini tuzish;
- Investitsiya majburiyatlari bajarilishini shartnoma talablariga muvofiq tahlil qilish;
- Muammoli masalalarni hal etish bo'yicha davlat idoralari bilan tezkor hamkorlik.
3. Infratuzilmani rivojlantirish
- Sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya ehtiyojlarini aniqlash;
- Tegishli tarmoq korxonalari bilan infratuzilma masalalarini muvofiqlashtirish;
- Tarmoqlardan foydalanishda xavfsizlik va uzluksizlikni ta'minlash.
4. Monitoring va tahlil
- Zonalar faoliyati va investitsiyalar o'zlashtirilishi to'g'risida hisobot berish;
- Yaratilgan yangi ish o'rinlari va ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olish;
- Faoliyat ochiqligi va shaffofligini ommaviy axborot vositalarida yoritish.