Viloyat sanoat zonalari
Barcha tuman va shaharlar kesimidagi ishlab chiqarish maydonlari, bo'sh yerlar va muhandislik ta'minoti.

Uchquduq tumani shimoliy sanoat zonasi
Uchquduq tumani sanoat zonasi shimoliy hududdagi tog'-kon sanoati ehtiyojlariga moslashtirilgan bo'lib, qurilish materiallari, metall buyumlar va maxsus kiyimlar ishlab chiqarish korxonalarini o'zida jamlagan.

G'ozg'on shahri toshni qayta ishlash maxsus sanoat zonasi
G'ozg'on shahri toshni qayta ishlash maxsus sanoat zonasi dunyoga mashhur G'ozg'on marmari va graniti konlari negizida barpo etilgan bo'lib, tabiiy toshni qazib olishdan tortib to yuqori qo'shilgan qiymatli bezak materiallari ishlab chiqarishgacha bo'lgan to'liq zanjirni qamrab oladi.

Qiziltepa tumani kichik sanoat zonasi
Qiziltepa tumani kichik sanoat zonasi agrosanoat, meva-sabzavotni chuqur qayta ishlash, qadoqlash hamda to'qimachilik klasterlarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarga ega. Logistika va transport yo'llari mavjud.

Zarafshon shahri sanoat zonasi
Zarafshon shahri sanoat zonasi tog'-kon va og'ir sanoat korxonalariga xizmat ko'rsatuvchi butlovchi qismlar, rezina-texnika mahsulotlari hamda metall konstruksiyalar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan. Hudud barqaror elektr va suv ta'minotiga ega.